O’qish. Magistratura. Toshkent Moliya Instituti
Shu yil Toshkent Moliya Institutining Xalqaro Moliya yo’nalishida Magistraturasiga qabul qilindim. To’g'risi, o’zimning sevimli Institutimni, talabalik davrimni judayam sog’inganim uchun topshirgandim. Aslida, bu manga kerak emas edi. Lekin, o’qiyatganimga afsuslanmayman. O’zimdan kichik yoshli talabalar bilan o’qiyatgan bo’lsamda, juda iqtidorli, yaxshi do’stlar orttirmoqdaman. Har qalay, bakalavrga nisbatan, magistrantlarimizda dunyoqarash, mas’uliyat ancha yaxshi.
Endi, magistraturadagi o’qishga kelsam, 8-9 ta fan o’qitilmoqda, shulardan Microeconomics, Public Speaking va English Composition and Rhetoric degan fanlar ingliz tilida o’qitiladi. Umid qilamanki, keyingi, semestrdan ingliz tilidagi darslar ko’payadi.
Oktyabrdan o’qishni boshlagan bo’lsamda, o’qishni sog’inganim uchunmi, o’qishga qattiq kirishdim. Lekin iqtisod, moliya bo’yicha bilimlarim eskirgan ekan. Yangilab olishim qiyinchilik to’g'dirmoqda.
Magistratura, IT, Internet va shaxsiy hayotimga bag’ishlangan http://iblogger.uz shaxsiy blogimni haftaning oxirigacha ishga tushirmoqchiman. Savol to’g'ilgandur, bu blogingiz nima bo’ladi deb. Mazkur blogimga IT va iqtisodga, LifeHackka oid maqolalarimni yozib turaman.
Birinchi Podcast – O’zbek tilida birinchi marta.
Birinchi o‘zbek podkasti: nomi ham «Birinchi podkast». Podkast, saytidan ham ko‘rishingiz mumkin, axborot texnologiyalari, internet va gadjetlarga bag‘ishlangan. Shu sohadagi turli mavzularda userUz, Farhodjon va kamina suhbat olib boramiz.
Kamchiliklari, xatolari xolis ko‘rsatilsa, ularni keyingi epizodlarda hisobga olishga va’da beramiz. Hozirgi sayt ham eng minimal rejimda ishlayapti. Saytning o‘zi Tas-ix tarmog‘ida(mulohaza qoldirish qismidan tashqari). Ko‘p provayderlarimiz uchun traffik hisoblanmaydi.
Xullas, birinchi o‘zbek podkastining birinchi epizodi mavzulari bilan tanishib olamiz:
— Tanishib olamiz
— “.uz«ning yaxshilari
— Google shunchalik yovuzmi?
— Buzz nima uchun kerak
— Chrome: maqtov va shikoyatlar
— Podcast yozish vositalari haqida;
va eshitamiz:
podcast.uz
Kitobdan qanday qilib samarali tarzda o’rganish mumkin?

1. Hammasini o’qishga shoshilmang. Qancha ko’p tushuna boshlasangiz, shuncha kam yodda saqlashga urinasiz.
Yuzaki o’qimang. Tanaffus qiling va o’ylab oling. Agar kitobda sizga savol berilgan bo’lsa, uni e’tibordan chetda qoldirmang. Tasavvur qiling, kimdir sizga haqiqatda savol bilan murojaat qilyapti. Muammoning yechimini topishga o’zingizni qanchalik chuqur majbur qilsangiz, shunchalik ko’p ehtimollik ila, mavzuni eslab qolasiz va o’zlashtirasiz.
2. Mashq va topshiriqlarni bajaring.
Kitobda berilgan mavzuga oid mashq va topshiriqlarni albatta bajarishga harakat qiling. Yuzaki qaramang. Mashqlarni harakat qilib bajaring, masalan qalam bilan qog’ozda yoki kompyuteringizda kerakli dasturlardan foydalangan holda yozib bajaring. Ko’pgina dalillarga asoslanadigan bo’lsak, o’rganayotgan vaqtingizda jismoniy faollik o’zlashtirish samaradorligini oshiradi.
3. Uyqudan oldin kitob o’qimang. Hech bo’lmaganda, bilim olish maqsadida kitob o’qimang.
O’qigan ma’lumotlaringizni o’zlashtirish, «hazm qilish» jarayoni (ayniqsa uzoq muddatli xotirangizda o’rganganlaringizni saqlash) aynan kitobni yopganingizdan keyin boshlanadi. Demak, siz kitobni o’qiganingizdan keyin miyangizga barcha o’qiganlaringizni qayta ishlash va esda olib qolish uchun vaqt kerak bo’ladi. Bu vaqtda yana yangi informatsiya qo’shsangiz, oldingilarining bir qismi yo’qolishi mumkin.
4. Suv iching, Ko’p suv ichib turing.
Miyangiz suyuqlik muhitida yaxshi ishlaydi. Quruqlashishi (bunday holat hattoki chanqoqni his qilishingizdan oldin ham ro’y berishi mumkin) esda olib qolish funksiyasini pasaytiradi.
5. Ovoz chiqarib o’qing. Balandroq ovozda o’qing.
Nutq faoliyatiga miyangizning alohida boshqa qismi javob beradi. Agar nimanidir tushunishni yoki eslab qolishni xohlasangiz, baland ovozda o’qing. Yanada yaxshisi, uni kimgadur tushuntirishga harakat qiling. Natijada o’zlashtirishingiz tezlashadi, balki o’qishingiz davomida e’tibor bermagan yangi jihatlar sizga namoyon bo’lishi mumkin.
6. Miyangizga quloq soling.
Miya ma’lumotlarga to’lib qolmasin. Agar o’qiyotganingizda xayolingiz boshqa joyga keta boshlasa yoki hozirgina o’qiganingizni eslay olmasangiz, unda dam olish vaqti keldi. Qayta-qayta va ko’proq o’qishingiz bilan ko’p ma’lumotga ega bo’lish orqali siz tez o’zlashtira olmaysiz. Balki, o’zlashtirish jarayoniga zarar yetkazishingiz mumkin.
7. O’qiganlaringizni his qilishga harakat qiling.
Biror bir mavzuni o’qidindizmi? Uni his qiling. Qanday qilib? O’qigan ma’lumotlaringizni jonlantiring. Ularni qandaydir syujet orqali sahnalashtiring. Olgan ma’lumotlaringiz qayerda, qanday asqotishini o’ylang.
8. Me’yorga doim amal qiling.
Doim va barcha narsada me’yorga amal qiling. Hayotingizni yengillashtiring. Hech bir narsaga mukkasidan ketmang. O’rtahollik bu samaradorlik garovi. Chunki siz hech qachon o’sha narsadan zerikib qolmaysiz, ko’nglingiz qolib ketmaydi. Kitob o’qib bo’lib, hordiq chiqaring (yoki dam oling). Bir narsa yodingizdan chiqmasin, ilm olish ham ibodat. Ibodatdan hech qachon ko’nglingiz qolmasin.
DIE TOTEN HOSEN rok guruhining konserti
Xabaringiz bor, shu kunlarda diyorimizda Germaniya haftaligi bo’lib o’tmoqda. Germaniya Federativ Respublikasining O’zbekistondagi elchixonasi tashabbusi bilan 24-sentabrda Toshkentda, 25-sentabrda esa Samarqandda Die Toten Hosen degan rock guruhi o’z konsertini beradi. Shu konsertga elchixonadan 15 ta bilet olishga muvaffaq bo’ldim. Nasib bo’lsa, 24-sentabr kuni 18.30 da Turkistonning yozgi saroyida konsertga tushamiz. Xohlaganlar bo’lsa, menga yozishlari mumkin. Biletdan ortiqcha bor hali.
.UZ Milliy domeni Internet-Festivali 2010
Kamina shu festivalga jyuri qilib taklif qilingan edi. 10 kun mobaynida 705 ta saytni 14 ta nominatsiya bo’yicha baholab chiqdim. O’tkan yilgiga nisbatan jiddiy o’zgarishlar va inqilobga uchramagan saytlarimiz. Yangi saytlar ham ko’p emas. Lekin sekin sekin, evolyutsion yo’l bilan rivoj topib bormoqda. Shunisiga ham Allohga shukr.
Endi qisqa hisobot berib o’tsam, saytlar baholanishi maksimal 10 ballik tizimda edi, shundan 2 ball dizaynga, 2 ball usabilityga va 6 ball contentga edi.
Shu maksimal ballga ega bo’lgan saytlar: http://webdot.uz , http://farzand.uz , http://wuit.uz , http://info.islom.uz , http://gazeta.uz , http://hidoyat.uz , http://yarmarka.uz , http://blogger.uz , http://b2c.uz va http://islom.uz .
E’tibor bergan bo’lsangiz, men asosan, o’zbek tilidagi saytlarga ko’proq e’tibor berdim. O’zi shundog’am, jyurilar orasida rusiyzabonlar ko’pligi uchun, rus tilidagi saytlarga e’tibor ko’p qaratmadim. Yana, eng yaxshi korporativ saytlar nominatsiyaga talabgor saytlar doim meni qoniqtirgan. Dizayn borasida ham, sayt tuzilmasini ham, matnini ham yaxshi tayyorlashadi. Axir, ularda pul ko’pda!
Bugun Festivalning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu haqda ham qisqa ma’lumot berib o’taman. InshaAllah.
Web[dot] – yangi ITishnik.Biz
O‘zbek tilida Axborot Texnologiyalariga oid eng so‘nggi yangiliklar, maqolalar, tahlillar va mavzular yuzasidan muhokamalarga bag‘ishlangan Web[dot] onlayn hamjamiyati bugundan ommaga taqdim etiladi.
Web[dot] onlayn hamjamiyati o‘zbekzabon barcha Axborot Texnologiyalariga qiziquvchi, shu soha vakillari hamda barchaga mo‘ljallangan bo‘lib, mazkur saytda o‘z shaxsiy bloglarini yuritib borishi, jamoaviy bloglarga qatnashgan holda o‘z fikr va mulohazalarini bildirib borishi mumkin.
Bu o‘zbek AT olamidagi barcha kishilarning o‘zaro hamkorligini, hamjihatliligini va salohiyatini oshirib borishiga xuzmat qiladi. Shuningdek, do’stlar va tajriba orttirish, o‘zbek tilida yangiliklardan xabardor bo‘lish, Axborot Texnologiyalariga oid bilimlarini va qarashlarini kengaytirib borish hamda o‘z tajribalarini va ilmlarini boshqalarga ma’lum qilib borishga yordam beradi.
Hozirgi yuksak axborot almashish zamonida yashayotgan ekanmiz, doim bir-birimiz bilan axborot almashib turishni taqozo qiladi. Shunday ekan, keling, shu sayt vositasida doim va onlayn hamjihatlikda bo‘laylik!
Kamina: Bugungi kunda . . .
Kamina hayotida, ishida, IT va virtual olamidagi yangiliklar bilan o’rtoqlashishni lozim topdim.
Qarasam, ancha bo’libdi, shu blogim yangilanmaganiga, balki ilhom kelmay qo’ydimi yoki vaqt yo’qmi? Aslida vaqt bor, xohish va ilhom yo’q edi, menimcha.
Xullas, yangiliklardan:
- Mazkur blogimning manzilini o’zgartirdim. Buning uchun Avaz akaga va o’zgartirish taklifini bergan Casual (Qamarniso) ga kattakon rahmat.
- Shu kunlarda qaramay qo’ygan loyihalarimni tiklash bilan ovoraman. Tayyor bo’lishi bilan ommaga e’lon qilaman.
- Tushdan keyin Yosh Dasturchilarni Tayyorlash va Qo’llab Quvvatlash Markazida “Web Dasturchi” kursidan o’qituvchilik qilyapman. HTML/CSS/JavaScript/jQuery/PHP dan dars beryapman. Ancha o’zimga foyda oldim. Dars berish tajribasiga sekin ega bo’lyapman.
- Hamon yolg’izman. Ertalab saharlik, keyin bir soat internet, yana uxlab, keyin ishga, shu bilan kechga sudralib qaytaman, keyin yana saharlikkacha internet, ish . . . Shu hayot.
Lekin baribir baxtliman. Deyarli har kuni iftorlik. Do’stlar, qarindoshlar va men uchun juda juda aziz bo’lgan insonlarim – jiyanchalarim bor. Jiyanchalarimni bir ziyorat qilsam bo’ldi, hamma charchoqlar, dardu alamlar unut bo’ladi. Bolalar juda beg’uborda. Alhamdulillah!
Hayotga qiziqishni qaytarishning 7 yo’li
1. Musiqa tinglang. Pleyeringizdagi barcha g’amgin qo’shiqlarni uchirib tashlang. Ataylab qo’shiqlar to’plamingizdagi pozitiv, ya’ni ijobiy, faol, quvnoq qo’shiqlarni tanlab eshiting. Masalan, Katerine – “Ayo technology”, Ace of Base – “Beautiful Life”, Yves Larock – “Rise Up”. Albatta, qo’shiqlarni didingizga mos ravishda ko’tarinki kayfiyat beruvchi qo’shiqlarni tanlang.
2. Har kuni yangi hangomalardan bahramand bo’ling. Internetdagi, gazeta va jurnallardagi anekdotlarni o’qib turish kerak. Hamma narsaga ijobiy yondashishni o’rganing. Har qanday hayolingizga kelgan salbiy, yoqimsiz, mos kelmaydigan fikrlardan soqit bo’ling (oddiygina, ularni hayolingizga keltirmang). His-tuyg’ularingiz hamda kayfiyatingiz haqida ham unutmang. Ijobiy emotsiyalar, ya’ni quvnoq va ko’tarinki kayfiyatda yashashga harakat qiling. Kimnidur sevib qolishingiz ham foydali.
3. Salbiy hissiyotlaringizdan qutuling va fe’l-atvoringizdagi sifatlarni aniqlab oling. Hayolingizdagi har qanday salbiy hissiyotlarni aniqlab oling, ulardan qutulish yo’llarini o’zingizga vazifa qilib oling hamda uni hal qiling. Salbiy hissiyotlaringiz ko’pincha, hafagarchilik, muammolar girdobida qolish, tushkunlik, yolg’iz qolishlik va boshqa shu kabi holatlardan yuzaga keladi. Albatta, ulardan qutulish yo’llarini toping.
Fe’l-atvoringiz, ya’ni xarakteringizda qaysi sifatlar yetishmayapti? O’ylang. Balki quvnoqlilik, balki sabrlilik, balki jiddiylik yetishmayotgandur? Aslida rostdan ham kerakmi? Agar javob “Ha” bo’lsa, unda shu sifatni rivojlantirishni maqsad qilib oling.
4. Umuman oldingizga qanaqadur maqsad qo’ying. Farqi yuq, har qanday, asosiysi bor bo’lsin. Maqsadga erishish uchun ishlaymiz, mehnat qilamiz, ter to’kamiz. Har qanday muvaffaqiyat, yutuq, yaxshi natija va samara uchun ham hamda har qanday omadsizlik, yomon natija, muvaffaqiyatsizlik uchun ham o’zingizni maqtang. (ikkita narsani yodda tuting: salbiy natija ham natija, hamda xato – bu yanada yuqoriga ko’tarilish uchun tajriba va imkoniyat manbaidir)
5. Sport bilan shug’ullaning. Iloji boricha uzoq muddat shug’ullanish sharti bilan biron bir yoki bir nechta sport turi bilan shug’ullaning. Asosiysi, sport mashg’ulotlari sizga xalaqit bermasin va o’zingiz yoqtirgan sport turini tanglang. Eng oson sport turlari bu har kuni ertalab yugurish, velosiped haydash, piyoda yurish va suzishdir. Mazkur sport turlari bilan shug’ullanish eng samarali hisoblanadi. Albatta, ulardan kattarog’iga qatnash ham yanada yaxshi. Futbol. voleybol, basketbol, tennis, skyt-bord va rolikda uchish va hokazo sport turlaridan birini tanlashingiz ham mumkin.
6. Har kuni nima uchun yashayotganingizni biling. O’zingiz bilan faxrlanishga arzigulik har qanday narsa, holat, sifatingizni eslang. O’zingiz bilan suhbatda bo’lish uchun maxsus daftar tuting. Unga o’zingizning qiyinchiliklar va mushkulotlaringizni, maqsadlaringizni yozib turing, chizing, she’r yozing va hokazo. Asosiysi, o’zingizdagi kechinmalar nimadadur aks etsin. Aks ettirganingizdan keyin o’zingizda qanaqadur yengillik sezasiz, qaysi xislatingiz yoki fazilatingizni maqtash yoki tanqid qilish kerakligini ham bilib olasiz.
7. Do’stlar orttiring. Do’stlar ham har xil bo’ladi. Siz o’zingiz uchun shunday do’stlar guruhini tuzib olingki, ular bilan suhbatlashganingizda, uchrashganingizda zerikmasligingiz va kayfiyatingiz chukmasligi kerak.
Ammo shuni bilib qo’ying: bir sharq donishmandi aytgan ekan, mingga yo’l birinchi qadamdan boshlanadi. Shuning uchun o’zgarishga harakat qilish muhim. O’zgarishingiz uchun xohish o’zingizdan bo’lish kerak. Majburiyat yuzasidan yoki kimningdir tazyiqi ostida o’zgarish odatda, samarali bo’lmaydi.
Onatili.uz — ўзбек ITчиларининг янги ташаббуси
Ўзбек Интернетининг очилмаган қирралари ҳали кўп десак, ишонаверинг. Uz доменидаги веб-сайтлар кун сайин ортиб боргани билан янгидан-янги ва ҳатто ноодатий ғояларга жой топилиши аниқ. Масалан, сайт ўзбек тилидагина эмас, ўзбек тили ҳақида бўлишига нима дейсиз? Глобал тармоқда қарийб бир йилдан буён мавжуд оnatili.uz сайти оддий таклифдан бошланган ташаббус йирик лойиҳага айланиши мумкинлигини исботлади.
Сайт “ижодкор”ларини топиш иштиёқида янада қизиқарли тафсилотларга дуч келдик. Эътиборлиси шундаки, Интернетда оnatili.uz манзили бўйичи истиқомат қилаётган веб-сайт бирон ташкилот ёхуд муассасага тегишли эмас. Уни яратишдан тортиб юритишгача бўлган бутун техник ва ижодий жараён ёшлар томонидан амалга оширилар экан.
Қандай қилиб илҳомланиш мумкин?
Илҳом нима ўзи? Нега илҳомланишимиз керак? Шу каби бир қанча саволлар сарлавҳани ўқиб ҳаёлингизга келтирган бўлишингиз мумкин.
Илҳом (инглиз тилида inspiration, рус тилида вдохновение) – тўсатдан юзага келган ғайрат, жўшқинлик ҳисси ёки бирон нима қилишга, ясашга ундовчи янги фикр. Таърифдан маълум бўладики, илҳом бизга ғайрат ва завқланиш ҳиссини ёки бирон нимани қилишимизга тўртки бўладиган янги фикрларни беради. Шундай экан, қандай қилиб илҳомланиш мумкин? Илҳомланишга сабаб бўлувчи бир қанча йўллар мавжуд. Шулардан ўзим доим фойдаланадиганларимни санаб ўтсам:
1. Кино кўриш.
2. Китоб ўқиш.
3. Дўстлар билан суҳбатлашиш.
4. Табиат билан ҳамнафас бўлиш.
5. Мусиқа тинглаш.



![Web[dot] onlayn hamjamiyati](http://webdot.uz/uploads/images/00/00/01/2010/09/03/46f7f5b512.gif)


